Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi gollari soni bo'yicha Pushkashga etib oldi. Oldinda faqat 3 futbolchi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1273

«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Andorraga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (7:0) faoliyatidagi 746-golini urdi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha u vengriyalik futbol afsonasi Ferens Pushkashning (746) natijasini takrorladi.
Endilikda Ronaldu Pushkash bilan birgalikda barcha davrlarning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 4-o'rinda bormoqda. Portugaliyalik futbolchi bu borada faqat Pele (767), Romario (772) va Yozef Bitsandan (805) ortda qolmoqda.
Shuningdek, bu Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasidagi 102-gol bo'ldi. 35 yoshli futbolchi terma jamoa safidagi gollari soni bo'yicha faqat Eron sobiq hujumchisi Ali Dayidan (109) ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222