Morata 2020 yilda 13 marta ofsayddan gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata 2020 yildagi eng omadsiz futbolchilardan biri. U joriy yilda urgan 13ta gol VAR yordamida bekor qilindi.
"Ehtimol mening oyog'im biroz kalta bo'lganida, ofsayddan urilgan gollar kamroq bo'lardi. Ammo shikoyat qilishga o'rin yo'q. Men qoidani buzganim uchun gollar bekor qilindi. Men hech narsa qila olmayman.
Kelajakda yuugurishni boshlashdan oldin bir soniya kutib turaman", - dedi Morata.
Ushbu mavsumda ispaniyalik hujumchi "Yuventus" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245