«Liverpul» himoyachisi operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi Jo Gomes jiddiy jarohat oldi.
Bugun 23 yoshli himoyachida Londonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Shifokorlar Angliya terma jamoasining kechagi mashg'ulotida jarohat olgan himoyachining chap oyoq tizzasini operatsiya qilishdi.
«Liverpul» klubining rasmiy bayonotiga qaraganda, Gomesning tizza to'qimalariga zarar etmagan. Angliyalik himoyachi klub shifokorlari nazoratida reabilitatsiya qilinadi.
Hozirda «Liverpul» futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida aniq ma'lumotga ega emas, biroq Gomes 2020/21 yilgi mavsumning katta qismini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Shu tariqa "qizillar"ning ikki muhim himoyachilar uzoq muddatga safdan chiqdi.
Avvalroq, Virdjil van Deyk «Everton» darvozaboni Jordan Pikfordning etkazgan jarohati sabab mavsumni muddatdan oldin yakunlashga majbur bo'lgandi.

Bosh sahifaga
241