"Bavariya" markaziy himoyachisi jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Himoyachi Jerom Boateng ushbu mavsum oxirida "Bavariya"ni tark etadi.
Myunxen klubi 32 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi, yozda u erkin agentga aylanadi.
Qayd etilishicha, germaniyalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Sport Bild jurnalisti Kristian Falk himoyachiga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirayotganini ta'kidlamoqda.
"Bavariya" o'z navbatida Boatengning o'rniga "RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoni sotib olmoqchi.
Manba: Sport BildFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223