"Milan" yarimhimoyachisi bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

"Milan" yarim himoyachi Xoqon Chalxanoglu bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.
Xabar qilinishicha, turkiyalik yarim himoyachi "rossonerilar"dan maoshini sezilarli darajada oshirilishini talab qilmoqda. Amaldagi kelishuvga ko'ra, futbolchi mavsum uchun 2,5 million evro oladi, ammo Chalxanoglu yiliga 5 million evro maosh olishni istamoqda.
Qayd etilishicha, "Milan" futbolchi bilan yana bir qator muzokaralar olib boradi. Milan klubi Chalxanoglu mavsumda 3,5 million evro maosh bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lishiga ishonmoqda.
Oldinroq turkiyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Manba: La Gazzetta dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
1591