"Milan" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Milan" darvozabon Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Ma'lumot o'rnida amaldagi kelishuv 2021 yil iyungacha hisoblangan. Klub rahbariyati futbolchiga mavsum uchun 6,5 million evro maosh taklif qilmoqda, futbolchining agentlari esa 7,5 million so'ramoqda.
Ammo aniqlik kiritilishicha, shartnomani uzaytirish borasida ko'p narsa "Milan"ning natijalariga bog'liq bo'ladi, Donnarumma Chempionlar Ligasida qatnashishni istamoqda.
Manba: La Gazzetta dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
1586