Messining otasi «PSJ» bilan muzokara olib borilayotganini inkor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o'g'lining transferi borasida «PSJ» bilan muzokara olib borilayotgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
«Yolg'on to'qishni bas qiling!» — deya yozdi Xorxe instagram orqali. Shuningdek, u #fakenews xeshtegini ham qo'shib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ESPN nashri "PSJ" futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi bilan aloqaga chiqqani haqida xabar tarqatgan edi.
Argentinalik futbolchining "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. U yanvar oyida boshqa klub bilan muzokara olib borish huquqiga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246