Ronaldu terma jamoa safidagi 100-g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

11 noyabr kuni Lissabonda Portugaliya va Andorra terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi va unda mezbonlar 7:0 hisobida g'alaba qozondi.
Portugaliyaliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu uchun mazkur g'alaba terma jamoa safidagi yuzinchisi bo'ldi. U terma jamoa bilan bunday natija qayd etgan Evropadagi 4-futbolchiga aylandi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha etakchilik Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramosga tegishli — 129 g'alaba. Undan keyingi o'rinlarni esa Iker Kasilyas (121) va Xavi (100) egallab turishibdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Andorraga qarshi o'yinda bitta gol muallifiga aylandi. Ushbu gol portugaliyalik o'yinchi uchun terma jamoa safidagi 102-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha jahon rekordi eronlik Ali Dayiga tegishli (109 gol).

Bosh sahifaga
362