«Liverpul»ning yana bir asosiy himoyachisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

«Liverpul» himoyachilari ketma-ket jarohat olishda davom etmoqda.
Sky Sports nashrining xabar qilishicha, mersisaydliklar markaziy himoyachisi Jo Gomes Angliya terma jamoasi mashg'ulotlari vaqtida jarohat oldi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi bu holatni hali izohlamadi. 11 noyabr oqshomida inglizlar ustozi Garet Sautgeyt matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Gomes uzoq muddatga safdan chiqadigan bo'lsa, bu «Liverpul» uchun jiddiy muammo tug'dirishi mumkin. Sababi oktyabr oyida jamoaning etakchi himoyachisi Virjil van Deyk uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Shuningdek, Premer Liga 8-turida qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold ham jarohat olgandi.
Yurgen Klopp qo'l ostidagi jamoa 8-turdan keyin 17 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.

Bosh sahifaga
206