Diego Maradona shifoxonadan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona shifoxonadan chiqarildi, deya xabar tarqatdi "Football Italia". Eslatib o'tamiz, jarrohlik yo'li orqali Maradonaning miyasida qotgan qonlar olib tashlandi.
«Diego hayotidagi eng qiyin vaziyatni boshdan kechirdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda va tezroq sog'ayishni istamoqda. Hozir unga ruhiy dalda va xotirjamlik kerak», — dedi argentinalikning advokati Matias Morla.
Diego so'nggi marta 30 oktyabr kuni omma oldida paydo bo'lgan edi. U 60 yoshga to'lgan kun Argentina chempionatining 1-turi doirasida «Ximnasiya i Esgrima» klubi «Patronato» bilan to'qnash kelgan edi (3:0). O'yindan oldin murabbiyga esdalik sog'asi topshirildi. Ammo Maradona shunday so'ng o'zini yomon his qilgani uchun uni shifoxonaga olib ketishdi.

Bosh sahifaga
233