Ibrahimovich haqida hujjatli film suratga olish boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

2021 yilda shvetsiyalik afsonaviy futbolchi Zlatan Ibrahimovich haqida hujjatli film dunyo yozini ko'radi.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, kartinaga "Men — Zlatan" deb nom berildi. Film stsenariysini David Lagerkrants yozgan bo'lib, u 39 yoshli futbolchining avtobiografik asari muallifi hisoblanadi.
Hujjatli filmda Zlatanning yoshligi va professional futboldagi ilk davrlari haqida hikoya qilinadi. Yosh o'yinchi rolini ikki aktyor o'ynaydi. Ulardan biri Ibrahimovichning 11-13 yoshlik paytini, ikkinchisi 17-23 yoshlik davrini gavdalantiradi.
Filmni suratga olish ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlangan bo'lib, uning taqdimoti 2021 yilning kuzida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229