Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. Bu haqda Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
58 yoshli mutaxassis o'tgan haftaning oxiridan boshlab o'zini yakkalash hayot tarziga o'tdi. Chunki uning oila a'zolaridan birida koronavirus aniqlangan edi.
Shu tariqa, Andersson Shvetsiya terma jamoasining navbatdagi o'yinlarida murabbiylik qila olmaydi. Shvedlar bugun Daniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Shundan keyin jamoa Millatlar ligasi doirasida Xorvatiya (14 noyabr) va Frantsiya (17 noyabr)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231