Adrien Rabo Frantsiya terma jamoasi safida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

«Yuventus» yarim himoyachisi Adrien Rabo Frantsiya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi. U qanday jarohat olgani haqida ma'lumot berilmadi.
Rabo ushbu jarohat tufayli Frantsiya terma jamoasining bugun bo'lib o'tadigan Finlyandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuboradi. Yarim himoyachi yaqin vaqt ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Agar jarohat jiddiy bo'lib chiqsa, futbolchi Millatlar ligasi doirasida o'yinlarni o'tkazib yuboradi va Turinga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206