«Bavariya»ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

«Bavariya» klubi oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo'yicha ishqibozlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijasini e'lon qildi.
Birinchi o'rinni himoyachi Yozua Kimmix egalladi. Muxlislarning 31 foizi unga ovoz berishdi. Ikkinchi pog'onani esa hujumchi Robert Levandovski (25%) band etgan bo'lsa, Tomas Myuller (16%) kuchli uchlikka kirdi.
Keyingi pog'onalarni Leon Goretska (8%) va Manuel Noyer (5%) band etishdi.
Kimmix oktyabr oyida 5ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206