"PSJ" katta xatoga yo'l qo'ydimi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1345

"PSJ" klubi sport direktori Leonardo shu paytgacha yo'l qo'ygan eng katta xatolaridan birini aytdi.
"Transferlar siyosatida biz katta xatolardan biriga yo'l qo'ydik. Jamoada Kavani va Silvani olib qola olmadik. Bular albatta jiddiy yo'qotishlar. Lekin biz bundayin holatga majbur edik. Men o'zim har ikkala futbolchi bilan gaplashib ko'rgandim. Ammo ularning klubda qolish niyatlari yo'q edi. Bu moliyaviy va siyosiy jarayon. Muhimi, Markinos va Kimpembelarni o'z vaqtida olib qola oldik", - deydi mutaxassis.
Leonardoni klubning joriy yilgi natijalaridan ko'ngli to'lmayapti. EChLning amaldagi finalchisi bu yil "MYu" va "Leyptsig" jamoalariga imkoniyatni boy bergan.
Manba: goalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243