Rasman: Konor Makgregorning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-4) va Dastin Pore (26-6) o'rtasidagi jang rasman tasdiqlandi.
Engil vazn toifasining nomdor jangchilari o'rtasidagi jang UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi bo'ladi. Mazkur UFC kechasi 23 yanvar kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Bu Konor va Pore o'rtasidagi ikkinchi jang bo'ladi. 2014 yilgi UFC 178 musobaqasida Konor raqibini nokautga uchratgandi.
Avvalroq Dastinning yuqori moliyaviy talablari tufayli ushbu jang bekor bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278