Messi Ispaniyada yangi mehmonxona ochadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1089

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yaqin kunlarda yangi mehmonxona ochishi kutilyapti.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchining "MIM Hotels" deb nomlangan to'rtinchi oteli Ispaniyaning Bakeyra Beret tog' chang'isi kurortida ochiladi. Uning ochilish marosimi 4 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
To'rt yulduzli mehmonxonada 141ta xona mavjud. Bitta xonaga 5 nafargacha mehmon joylashishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida. Argentinalik futbolchining Sijers, Mayorke va Ibitsa shaharlarida ham otellari mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273