«Roma» texnik mag'lubiyat borasidagi apellyatsiyada yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 665
42
"Roma" klubi Italiya chempionatining 1-turi doirasida "Verona"ga qarshi o'yindagi texnik mag'lubiyat uchun Italiya futbol federatsiyasiga apellyatsiya kiritgan edi. Federatsiya esa rimliklarning murojaatiga rad javobini berdi.
"Roma" dastlabki turda "Verona" mehmoni bo'lib, 0:0 hisobida durangga imzo chekkan edi. Ammo "bo'rilar" safida ro'yxatdan noto'g'ri o'tkazilgan o'yinchi maydonga tushgani bois, keyinchalik ularga texnik mag'lubiyat yozilgan edi.
"Roma" 23 yoshga to'lgan Amadu Diavarani "yosh" futbolchi toifasiga kiritgan edi. Bu esa qoidaga zid hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236