Pirlo jamoada Jeko va Lokatellilarni ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Rimning «Roma» klubi hujumchisi Edin Jeko va «Sassuolo» yarim himoyachisi Manuel Lokatellilarga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, ushbu ikki futbolchini jamoaga olib kelishni jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirloning shaxsan o'zi xohlamoqda.
«Yuventus» Jeko borasida shaxsiy shartnomani kelishib olgandi, biroq, «Roma» "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikni o'z safiga qo'sha olmaganidan keyin ushbu bitim barbod bo'lgandi.
«Sassuolo» ham Lokatelli uchun 40 million evro talab qilmoqda, lekin «Yuventus» buncha mablag'ni to'lash niyatida emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232