Levandovski Ukraina termasiga qarshi o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda polshaliklar murabbiyi Eji Bjenchek ma'lum qildi.
"EChL va ELda o'ynagan futbolchilar Ukraina termasiga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Ularga dam beriladi. Bu faqatgina Levandovskiga tegishli emas", -dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Polsha – Ukraina o'yini 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216