Morata: "Atletiko" hozirda "Real"dan ham, "Barselona"dan ham kuchli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Turinning "Yuventus" klubida ijara asosida harakat qilayotgan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "matraschilar"ning La Ligadagi o'rni haqida fikr bildirdi.
"Umid qilaman, "Atletiko" La Ligani yuta oladi. Ular bu uchun va boshqa sovrinlar uchun kurashishi kerak. Jamoa juda yaxshi o'ynamoqda. Menimcha, hozirda "Atletiko" "Real"dan ham, "Barselona"dan ham kuchli", -dedi Morata.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" 9-turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda. "Real" esa 4-o'rinda joylashgan. Kataloniyaliklar esa 8-o'rinni band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209