Ferdinand: "MYu" Pochchetino bilan muzokara olib bormadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoada bosh murabbiy o'zgarishi haqidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
«To'g'risini aytsam, OAV Sulsherga nisbatan hurmatsizlik qila boshladi. Odamlar allaqachon Pochettinoni maqtashni boshlab yubordi.
Pochettino bilan hech qanday muzokara olib borilmaganini ishonchli manbalardan bildim. Rahbariyat bunday tarzda Sulsherga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatmaydi. Men bu haqda gaplashish kerakligini his qilyapman.
Ayni paytda Sulsher o'z lavozimida va uning jamoasi hamisha yaxshi natijalar ko'rsatishni o'rgandi», – dedi Ferdinand.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185