"Napoli" texnik mag'lubiyatni bekor qildirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Italiyaning "Napoli" klubi yuristi Mattia Grassani "Yuventus" bilan o'yinda yozilgan texnik mag'lubiyatni bekor qildirishga ishonchi komil.
— Bu juda uzoq muzokara bo'ldi, juda qiyin bo'ldi. Hech qachon bunday muzokaralar bo'lganini eslolmayman. Biz o'z pozitsiyamizni tushuntirish uchun qalbimizni va yuragimizni ochdik. Klubimiz prezidenti sport adolati kabi qadriyatlar va muammolarga to'xtalib o'tdi. "Napoli" — jinoyat qurbonidan boshqa narsa emas. Bizningcha, apellyatsiya "Napoli" uchun ijobiy yakunlanish uchun imkoniyatini beradi, — dedi Grassani Radio Kiss Kiss bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181