Mario Manjukich La Ligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

Ispaniyaning "Selta" klubi xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukichga qiziqish bildirmoqda deya xabar tarqatdi El Partidazo de COPE.
Ayni paytda xorvatiyalik hujumchi erkin agent sanaladi. "Selta" o'z hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida ayni paytda jamoasiz qolib ketgan Manjukichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Biroq, Manjukichning oylik-maoshi yuqoriligi ushbu bitimning amalga oshmasligi uchun sabab bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Manjukichning so'nggi jamoasi Qatarning "Al-Duxayl" edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186