«Selta»ni kim boshqarishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

Kecha amaldagi bosh murabbiyni iste'foga chiqarganini rasman e'lon qilgan Ispaniyaning «Selta» klubini Braziliyaning «Internasonal» klubi bosh murabbiyi Eduardo Kude boshqaradigan bo'ldi, deya xabar tarqatmoqda Globo Esporte.
46 yoshli argentinalik murabbiy Oskar Garsiyani o'rnini egallashi aniq bo'lib ulgurdi.
La Liganing 9-turidan keyin «Selta» klubi 17-pog'onani band etib turibdi.
«Internasonal» klubi esa Braziliya chempionatining 20-turidan keyin turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Manbaning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kude jamoadan ketishni o'zi xohlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197