Anchelotti qishdayoq Kinni "Everton"ga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

Qishki transfer vaqtida hujumchi Moyze Kin mudatidan avval PSJdan "Everton"ga qaytishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, "irislar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kinni qaytarishni rahbariyatdan talab qilmoqda. Shu tariqa, Karlo hujum chizig'ida raqobatni kuchaytirmoqchi. Agar Moyze yanvarda "Everton"ga qaytadigan bo'lsa, PSJ 2 million evro tovon puli oladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda hujumchi Frantsiya chempionatida 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193