Ronaldu jarohatiga qaramay Portugaliya terma jamoasiga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga yo'l olishga qaror qildi.
35 yoshli futbolchi "Latsio"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shunga qaramay, u terma jamoa yig'inida ishtirok etmoqchi.
Ronaldu Portugaliyada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning terma jamoa safidagi o'yinlarda ishtirok etish yoki etmasligi ma'lum bo'ladi.
Ronaldu joriy mavsumda 6ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191