"Zaltsburg" butun jamoa bo'lib karantinga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Avstriyaning "Zaltsburg" klubini olti nafar a'zosi koronavirus uchun topshirgan test natijalari ijobiy ko'rinish oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, kasallik yuqtirib olganlarda alomatlar sezilmayapti va ular karantinga olindi. Aynan kimlar ushbu kasallikni yuqtirib olganligi haqida aniq ma'lumot berilmayapti.
Shu sababli, klubning qolgan futbolchilari ham karantinga olindi. Ular faqat o'z uylari, mashg'ulot bazasi va uchrashuvlar o'tkaziladigan joy orasida harakatlanishi mumkin. Shuningdek, "Zaltsburg" futbolchilarining hech qaysi biri o'z terma jamoalari ixtiyoriga yuborilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151