"Yuventus" Ronalduni sotmoqchi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Goal.com portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning "Yuventus" klubi keyingi yilning yozida jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan, biroq, "Keksa sinora" shartnomani uzaytirish niyatida emas. Chunki, klub rahbariyati harajatlarning bir qismini qoplash uchun 35 yoshli futbolchini boshqa klubga sotmoqchi.
"Yuventus" Ronalduning sotishga bo'lgan sabablaridan biri, futbolchining maoshi kattaligidir.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Yuventus"da yiliga 31 million evro maosh oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
141