Luchesku: "Bugun koronavirus g'alaba qozondi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

Kievning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Ukraina chempionati doirasida «Shaxtyor» (0:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Bugun COVID-19 g'alaba qozondi. Bu mening fikrim. Men bunday qiyin vaziyatda bunday muhim uchrashuvlarni o'tkazmagan bo'lardim. Takrorlayman, men bunday o'yinda qatnashmas edim.
Chempionat o'yinlarida maydondagi bahsni jamoalar hal qilishi kerak, koronavirus emas. Men aytmoqchi bo'lgan narsa shu», — dedi Mircha Luchesku.
Qayd etish kerakki, «Shaxtyor» klubiga qarshi o'yindan oldin «Dinamo» tarkibida haqiqatdan ham koronavirusga chalingan futbolchilar ko'p edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177