Kuman: "Barselona" xotirjamlikka berilmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman «Betis» ustidan 5:2 hisobida qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin jamoani xotirjamlikka berilishiga yo'l qo'ymasligini aytdi.
«Bu chempionlik ambitsiyalariga ega jamoa uchun chiroyli g'alaba hisoblanadi. G'alaba qozonish istagi nuqtaiy-nazaridan har bir o'yinni mana shunday tarzda o'tkazishimiz kerak. Albatta, o'tkazib yuborgan ikki golimiz menga yoqmadi, biroq «Betis» hozir ajoyib formada. Bunday jamoalarga qarshi o'yinda gol o'tkazib yuborishning uyatli joyi yo'q.
«Barselona» hech qachon xotirjamlikka berilmaydi. O'z ko'rsatkichlarimizni yaxshilashimiz va Ansu Fatini o'rnini qanday qilib to'ldirishni o'ylashimiz kerak», — dedi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175