"Liverpul" himoyachisi qancha muddatga safdan chiqdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida «Manchester Siti» (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng, jamoa himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohat olganini aytib o'tdi.
Trent «shaharliklar»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi va o'yining 63-daqiqasida zahiraga olindi.
«U terma jamoa ixtiyoriga bormaydi. Ertaga u tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin nima bo'lganini ko'ramiz. Aniq ayta olamanki, u noyabr oyida o'ynamaydi», – dedi Klopp.
Angliya terma jamoasi 12 noyabr kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsa, 15 va 18 noyabr kunlari Belgiya hamda Islandiya terma jamoalariga qarshi Millatlar Ligasida o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364