Mourino: "APLda chempion bo'lish qiyin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APL doirasida «Vest Bromvich» (1:0) jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yin qiyin kechdi. Raqib bizni yanada kuchli o'yin namoyish etishimizga undadi. Safar o'yinlarida muhim ochkolarni qo'lga kiritayotganimiz meni qoniqtirmoqda, shu tariqa yo'qotilgan ochkolar sonini to'ldiryapmiz.
Ko'plab chempionatlarda bizni chempionlik uchun asosiy nomzodlardan biri deb aytishlari mumkin, biroq APLni yutish qiyin. Mavsumni yaxshi o'tkazish mumkin, lekin finishga «Liverpul» yoki «Manchester Siti»lardan keyin kelamiz, – dedi Mourino.
"Shporlar" APLning 8-turidan keyin turnir "Lester"dan bir ochko ortda qolgan holda, ikkinchi o'rinni band etib turishibdi.

Bosh sahifaga
182