O'z terma jamoasidan qimmat futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

Stadion.uz transfer summasi terma jamoasining barcha a'zolarinikidan qimmatroq sanalgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.
Nabi Keyta - Gvineya

«Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi o'zining professional karerasini Frantsiyada boshlaydi. Qisqa muddatda nimalarga qodir ekanligini isbotlagan futbolchi 25 yoshida «Liverpul»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi. APL, EChL singari klublar miqyosidagi katta turnirlarda g'alaba qozongan futbolchini terma jamoa borasida omadli deb bo'lmaydi. Ayni damda, Yurgen Kloppning shogirdini transfermarket portali 40 million evroga baholamoqda. Uning qolgan jamoadoshlarining umumiy qiymati 17,5 million evroga teng. Ushbu sumanning 12 millioni esa, «Olimpiakos» yarim himoyachisi Madi Kamaraga tegishli.
Son Xyon Min – Janubiy Koreya

«Tottenhem» hujumchisi 2020 yilda terma jamoa sharafini himoya qilgani yo'q. U singari Evropada to'p surayotgan boshqa koreyalik futbolchilar ham terma jamoadan chaqiruv olmadi. Shu bois, Janubiy Koreya terma jamoasining umumiy qiymati keskin tushib ketdi. Ayni damda, Son Xyon Minning transfer qiymati 80 million evroga teng. Bu ayni damdagi, koreyslarning to'liq tarkibidan ham qimmatroq degani.
Yan Oblak – Sloveniya

Aslida, Evropa jamoalarida bunday holat juda kam kuzatiladi. Shundga qaramay, Yan Oblak o'z terma jamoasidagi jamoadoshlaridan har tomonlama o'zib ketishga muvaffaq bo'ldi. Ayni damda, Sloveniya terma jamoasining umumiy transfer qiymati 118 million evroga teng. Agar ushbu tarkibdan 80 million evrolik Yan Olbakni olib tashlasak, Sloveniya 38 million evrolik tarkibga ega o'rtamiyona jamoaga aylanib qoladi.
Alfonso Devis – Kanada

«Bavariya» jamoasi bilan o'tgan mavsumda Evropa Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan futbolchi nafaqat Kanada, balki butun KONKAKAF ning eng qimmat futbolchisi sanaladi. U «Chelsi» vingeri Pulishichni ham transfer summasi borasida orqada qoldirmoqda. Ayni damda, Kanada terma jamoasining 49 kishidan iborat kengaytirilgan tarkibi 59,6 million evroga teng. Alfonso Devisni qo'lga kiritish uchun esa, kamida 80 million evrodan voz kechish talab etiladi.
Muhammad Salax – Misr

Salax nafaqat Misrda, balki barcha arab va musulmon davlatlarda ham juda mashhur. Ayni damda, u jamoadoshi Sadio Mane bilan birgalikda Afrikaning eng qimmat futbolchisi sanaladi. Bugungi kunda Salaxning transfer qiymati 100-120 million evro atrofida baholanmoqda. Misr terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi 50 million evrodan oshmaydi.
Per-Emerik Obameyang – Gabon

Londonning “Arsenal” jamoasi forvardi 21 yoshga qadar Frantsiya termasi sharafini himoya qilgan, ammo eng muhim tanlovni Gabon xalqi uchun qabul qiladi. Afsuski, bu qaror o'zini oqladi deb bo'lmaydi. Sababi, Obamenyang 2017 yildan beri terma jamoadagi faoliyatini to'xtatib qo'ygan. Ba'zan u terma safida ko'rinish beradi va birdaniga yo'qolib qoladi. Uning Gabon termasidagi nostabil o'yiniga qaramay, muxlislar qattiq hurmat qilishadi. Ayni damda, ushbu terma jamoaning umumiy qiymati 37 million evroga teng. Agar Obameyangning transfer summasi qo'shilsa, unda bu ko'rsatgich 87 million evroga qadar ko'tariladi.
Leon Beyli – Yamayka

KONKAKAF qit'asida nomdor futbolchilarni har doim ham uchratavermaysiz. Gap shundaki, bu erlarda futbol birinchi raqamli sport turi emas. Yamaykada ham futbolni birinchi raqamli sport turi deb bo'lmaydi. Asosan engil atletikachilari bilan olamga dong taratgan mamlakat futbol jamoasini haqida ma'lumotlar ko'p emas. Shunga qaramay, Leon Beyli sababli ushbu yurt futboliga bo'lgan e'tibor bir muncha ko'tarildi. «Bayer» vingeri o'zining ishonchli o'yinlari bilan qisqa muddat ichida omma e'tiborini tortishga muvaffaq bo'ldi. Uning ayni damdagi transfer qiymati 30 million evroga teng. Bu Yamayka terma jamoasining umumiy qiymatidan 5 million evro ko'proq degani.
Genrih Mxitaryan – Armaniston

Geynrih «Borussiya Dortmund», «Manchester Yunayted» singari jamoalarda to'p surgach, uning karerasida keskin pasayish kuzatilgandek tuyulgan edi. Qahramonimiz «Roma»da yana o'zini erkin his etishni boshladi. Ayni damda, armanistonlik futbolchini transfermarket nashri 20 million evroga baholamoqda. Butun boshli Armaniston jamoasi esa, 13,35 million evrodan oshmaydi.
Manba: Stadion.uz

Bosh sahifaga
173