Kuman Grizmanning o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumisi Antuan Grizmanning o'yiniga baho berdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik hujumchi La Liganing 9-tur doirasida «Betis» (5:2) jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yindagi gollarning bittasiga mualliflik qildi. Biroq, uchrashuvning 33-daqiqasida belgilangan penaltini Grizmann amalga oshira olmadi.
«Men Grizmann qilayotgan ishlardan qoniqyapman. U penaltini aniq amalga oshira olmadi va bir qator vaziyatlarda gol ura olmadi. Uning omadi kelmadi, lekin u gol urish uchun doim to'pning yonida yuradi.
Bu ruhiy tomondan ta'sir ko'rsatadi. Lekin unda o'ziga bo'lgan ishonchi bor va gol kiritishga muvaffaq bo'ldi», – dedi Kuman o'yindan keyin
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181