Reyna: "Men tayyorman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Rimning «Latsio» klubi darvozaboni Pepe Reyna o'zini yuqori saviyali o'yinlarini namoyish etishga kuchi etarli ekanligini yashirmadi.
«Men «Latsio» klubi bilan ikki yil shartnoma imzolaganman. Shuningdek, keyinchalik uni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham bor. Agar biz mavsum yakuniga ko'ra evrokuboklarga yo'l olsak, klub bilan shartnomam avtomatik ravishda bir yilga uzayadi.
Yana A Seriyada katta yutuqlarga erishish niyatidaman. Chunki, biz keyingi mavsumda evrokuboklarda yaxshi natijalarga erishish niyatidamiz. Garchi yoshim 38da bo'lsada, tanam kuchli yuklamalarni qabul qilishga tayyor ekanligini his qilyapman», — dedi Pepe Reyna.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168