Messi nima uchun zahirada qoldi? Kuman javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Betis"ga qarshi o'yinda nima uchun Lionel Messi zahirada qolganiga izoh berdi.
«Leo Kievning «Dinamo» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin o'zini yomon his qildi. Shu sababli, biz uni zahira o'rindig'ida qoldirishga qaror qildik. Rejamiz bo'yicha, agar unga ehtiyoj sezilsa zahiradan maydonga tushardi. Agar o'zini qulay his qilganida asosiy tarkibda maydonga tushardi. Men unga shubha qilmayman. U qanday mehnat qilayotganini har kuni ko'raman. Ikkinchi bo'limda Leo jamoaga favqulodda kerak bo'lib qoldi», – dedi Kuman Marca bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Betis"ga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan Messi dubl qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201