Sulsher: "Ustimizdan kulishmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL taqvimidan norozi bo'lmoqda.
«Aftidan, bizning ustimizdan kulishmoqda. Menga «Manchester Yunayted»ga APL rahbariyati tomonidan bo'layotgan bunday munosabat yoqmayapti. Chorshanba kuni EChL doirasida o'yin o'tkazganimizdan keyin, qanday qilib «Everton»ga qarshi bo'ladigan o'yinni kun yarmiga belgilash mumkin?
Garchi, «Manchester Siti» va «Liverpul» EChLda seshanba kuni o'ynagan bo'lsa-da, APLdagi o'yinlarini yakshanba kuni o'tkazishmoqda. Biz bo'lsa chorshanba EChLda o'ynab, shanba kuni tushlik vaqtida yana o'yin o'tkazyapmiz, bu kulguli-ku?! Bunday sohta taqvim uchun kim javobgarlikni bo'yniga oladi? Endi men jim tura olmayman.
Shuni tan olishimiz kerakki, futbolchilan jismoniy tarafdan charchashmoqda. Bunday yuklamalarni hazm qilish uchun ularga ahloqiy jihatdan qiyin bo'lmoqda. Bu adolatsizlik!», — dedi Sulsher.

Bosh sahifaga
248