Keyn: «APLda g'olib chiqish uchun «Tottenxem»da etarlicha kuch bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 277

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoasining Angliya chempionatida g'olib chiqishiga baho berdi. Uning jamoasi 7 turdan keyin turnir jadvalining 5-pog'onasida ketmoqda.
«Agar jamoamizning xavfsizligiga ahamiyat beradigan bo'lsangiz, u holda APLda g'olib chiqishimiz uchun kuchimiz etarli ekanligini ko'rasiz. Biz so'nggi 4-5 yilda bunga yaqin keldik, biroq nimadir etishmadi. Shu bilan birga, futbolchining yaxshi tanlanishi va ozgina g'alabalar biz chempionlik uchun kurashyapmiz deyishga asos bo'lolmaydi.
O'tgan «Liverpul» kabi bu yil boshqa jamoalardan katta farq bilan ajralib turadigan jamoa bor deb o'ylamayman. Boshqa klublarda ham turnir jadvalining yuqori o'rinlariga chiqish imkoniyati bo'ladi.
Tarkibimizda nafaqat Angliya chempionatida g'alaba qozonish borasida tajribali bo'lgan, balki xorij chempionatlarida ham etarlicha mahoratga ega bo'lgan Garet Beyl va Jo Xartlar kabi futbolchilar borligi yaxshi. Ular kiyinish xonasidayam jamoa etakchilari ekanligini namoyish eta olishyapti», – dedi Keyn.

Bosh sahifaga
182