Tiagu Silva «Chelsi» tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Tiagu Silva kecha «Sheffild Yunayted»ga qarshi kechgan bahsda gol urib klub tarixidan joy oldi.
O'yinning 77-daqiqasida jamoasining 3-goliga mualliflik qilgan Tiagu uchun bu gol Premer-ligadagi dastlabkisi hisoblanadi. Shunday qilib braziliyalik «ko'klar» tarkibida gol urgan eng yoshi katta futbolchilardan biriga aylandi (36 yosh, 46 kun).
Ma'lumot uchun, bu borada «Chelsi» safidagi eng yoshi katta futbolchi Glen Xoddl hisoblanadi (36 yosh, 150 kun).
Manba: optaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194