Futzal. O'zbekiston dastlabki o'yinda Marokashga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

Marokash poytaxti Rabot shahrida yig'in o'tkazayotgan Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun mezbonlarga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bahs marokashliklarning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Afrikaning amaldagi chempionlari dastlab darvozamizga 5ta gol urishgan bo'lsa, bahs so'ngida vakillarimiz 3ta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Davron Choriev dublga erishgan bo'lsa, Akbar Usmonov bitta gol muallifiga aylandi.
Marokash va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yini ertaga bo'lib o'tadi.
Futzal. O'rtoqlik o'yini
Marokash - O'zbekiston - 5:3
Gollar: Hamza Buyozan (8), Bilol Baqqoliy (22, 29), Saad Knia (27), Anas el-Ayyane (30) — Davron Choriev (33, 34), Akbar Usmonov (39)
Dastlabki beshlik: Rustam Umarov, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Avazbek Abduvaliev, Anasxon Rahmatov
Zaxira: Ilhomjon Hamroev, Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Elbek To'lqinov, Davron Choriev, Akbar Usmonov, Ravshan Eliboev, Javlon Anorov, Sunnatulla Jo'raev

Bosh sahifaga
196