Grizmann ketma-ket 4-penaltini golga aylantira olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida bo'lib o'tayotgan "Betis"ga qarshi bahsda penaltidan samarali foydalana olmadi.
Andalusiyaliklar darvozaboni Klaudio Bravo 29 yoshli futbolchining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, Grizmann ketma-ket to'rtinchi marta penaltini golga aylantira olmadi. U avvalroq Frantsiya terma jamoasi safida 11 metrli jarima zarbasidan foydalana olmagan edi.
Grizmann so'nggi marta 2019 yilning 13 yanvar kuni «Atletiko» tarkibida penaltini golga aylantirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190