Eden Azar va Kazemiroda koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

Madridning «Real» klubi jamoaning ikki futbolchisida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, jamoa yarim himoyachisi Kazemiro hamda hujumkor yarim himoyachi Eden Azarning koronavirusga topshirgan testi natijalari ijobiy chiqqan.
«Real»ning boshqa a'zolari, klub xodimlari, murabbiylarida koronavirus aniqlanmagan. Ularning koronavirusga testni 6 noyabr, juma kuni topshirgani ta'kidlangan.
Ma'lumot uchun, «Real» 8 noyabr kuni La Liga 9-turi doirasida safarda «Valensiya» mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
123