"Vulverxempton" ustozi: "Barchamiz Jota uchun xursandmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

Angliyaning "Vulverxempton" klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu sobiq shogirdi Diogo Jotaning "Liverpul"da ko'rsatayotgan o'yinlaridan xursand ekanligini yashirmadi.
— Barchamiz Diogo uchun xursandmiz. Jota futboldan zavq olmoqda, u "Liverpul"dagi faoliyatini ajoyib tarzda boshladi. O'ylaymanki, Yurgen Klopp u bilan birga ishlashdan xursand. Biz Jota bilan birgalikda 4 mavsum ishladik, shuncha paytdan so'ng futbolchining muvaffaqiyatga erishsa, bundan faqat xursand bo'lish kerak. Diogo misolida bu syurpriz emas. Umid qilamanki, u mana shu tarzda o'ynashda davom etadi va uning kulib turishini ko'rish yoqimli, - Santu Sky Sports bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193