"Yuventus" o'z futbolchilarini terma jamoalari ixtiyoriga qo'yib yuborish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Turinning "Yuventus" klubi prezidenti Andrea Anelli o'z futbolchilarini noyabr oyida terma jamoalari ixtiyoriga qo'yib yubormasligi mumkin, deya xabar tarqatmoqda Corriere dello Sport.
Qayd etilishicha, turin klubi rahbariyati noyabr oyidagi terma jamoalar sababli yuzaga keladigan tanaffusni koronavirus pandemiyasi davridagi qo'shimcha muammolar manbai deb hisoblamoqda. Qolaversa, tig'iz taqvimlar futbolchilarning jarohat olishlariga olib kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, Anellining fikrlarini "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis ham qo'llab-quvvatlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183