«MYu» qishda Dembele variantiga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele «Manchester Yunayted»ning qishki transfer bozoridagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning yozishiga qaraganda, «MYu» qishda futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.
"Mankunianlar" 23 yoshli frantsiyalik futbolchini avvaliga mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi, keyin esa to'laqonli ravishda sotib olish niyatida. Bir necha oy oldin «MYu» Dembeleni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi, biroq, ushbu bitim yakunda amalga oshmay qolgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193