Shomurodovning jamoadoshi "Yuventus" bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 524

Turinning «Yuventus» klubi hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p surayotgan «Jenoa» klubi yarim himoyachisi Nikola Rovella bilan shartnoma imzolaydi.
Italiya matbuotining yozishiga qaraganda, Rovella Andrea Pirlo jamoasiga 2021 yilning yozida qo'shiladi.
18 yoshli yarim himoyachining transfer narxi 2,5 million evro atrofida baholanmoqda. Shuningdek, Nikologa "Milan" klubi ham davogarlik qilayotgandi.
Rovella – «Jenoa» tarbiyalanuvchisi sanaladi va asosiy tarkibda o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180