Roberto Manchini koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini koronavirusga chalinganini mamlakat futbol federatsiyasi (FIGC) sayti xabar qilmoqda.
55 yoshli mutaxassisda kasallik alomatlari yo'q, u Rimda karantinga olingan.
Italiya terma jamoasi 11 noyabr kuni Estoniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Keyin Polsha (15 noyabr) hamda Bosniya va Gertsegovina (18 noyabr) terma jamoalariga qarshi Millatlar Ligasida bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182