Yan Andersson Zlatanning postiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6086

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Andersson Zlatanning Instagramga joylagan rasmiga javob qaytardi.
Sal avvalroq Ibrahimovich o'z Instagram sahifasiga g'yrioddiy rasm joylab, unda termaga qaytish niyati bor ekanligiga ishora qilgandi. Lekin shvetsiyalik mutaxassis bu holatga keskin munosabat bildirdi:
«Ko'pchilik menga bunda katta ma'no bor deya uqtirishga harakat qildi. Lekin men buni tushunishni istamayman. Zlatan jamoadan ketganiga ancha bo'lgan. Endi uni ortiqcha o'ylagandan foyda yo'q. Men termada yangi energiyaga boy futbolchilarga ishonaman».
Eslatib o'tamiz Zlatan Shvetsiya milliy terma jamoasidan 2016 yilgi Evropa chempionati yakunlangach iste'foga chiqqan.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223