«Chelsi»da penalti tepadigan futbolchi o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Evropa chempionlar ligasi doirasida «Renn»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda penaltilarni nima uchun Timo Verner tepganiga izoh berdi.
«Bu oson qaror bo'lmadi. Chunki, Jorjino penaltilarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgandi. Shunga qaramay, u so'nggi o'yinlarda 2 marta xatoga yo'l qo'ydi. Timo esa o'z imkoniyatlaridan ishonchli foydalandi.
Ushbu mavzuda Jorjino bilan gaplashdim. U o'zini haqiqiy professionallardek tutdi. Unga penaltini kim tepishining ahamiyati yo'q, muhimi jamoa manfaati.
Shu tariqa, ayni paytda bizda penalti tepuvchi futbolchi — Verner. Timo bu imkoniyatni ehtiros bilan qabul qilganidan xursandman», – dedi Lempard «Chelsi» saytiga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
221